Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atambayev Farg‘onada vertolyot halokatga uchragani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 18 oktabr kuni O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida Mudofaa vazirligiga tegishli Mi-171 vertolyoti halokatga uchragani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
«Qirg‘iziston Respublikasi xalqi va shaxsan o‘z nomimdan qurbonlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘rayman», — deyilgan Qirg‘iziston rahbari telegrammasida.
Eslatib o‘tamiz, 18 oktabr kuni Farg‘ona viloyatida Mudofaa vazirligiga tegishli Mi-171 vertolyotining qulashi oqibatida uning bortida bo‘lgan 9 kishi, ekipajning 3 a'zosi hamda 6 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026