FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston Yaponiya va Rossiya terma jamoalaridan yuqorida

Foto: O‘FF
Bugun FIFA saytida tashkilotning navbatdagi reyting jadvali e'lon qilindi. Yangi reytingda O‘zbekiston terma jamoasi 48-o‘rinda joylashdi.
Sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston termasi bir oy avvalgi reytingga nisbatan 1 pog‘onaga ko‘tarildi. Avvalgi reytingida 621 ochko bilan 49-o‘rinda bo‘lgan terma jamoa yangi reytingga ko‘ra 617 ochko to‘plagan. Jamoa JCh-18 saralashi doirasida Eronga yutqazdi, Xitoyni mag‘lub etdi. Lekin Rossiya termasi quyiga sho‘ng‘ishi ortidan O‘zbekiston 1 pog‘ona yuqorilagan.
Terma jamoa Osiyoda to‘rtinchi pog‘onani band etib turibdi. Eron O‘zbekiston va Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g‘alabalardan keyin birdaniga 10 pog‘ona yuqorilab, 27-o‘ringa chiqib olgan.
Avstraliya terma jamoasi 40-qatorni (+5) egallab turgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 44-pog‘onaga joylashgan (+3).
O‘zbekistondan pastroqda joylashgan terma jamoalar qatorida Yaponiya (51), Saudiya Arabistoni (54) va BAA (70) terma jamoalari ko‘rish mumkin.
Terma jamoaning JCh-2018 saralash bosqichidagi raqiblari Xitoy va Qatar terma jamoalari 6 pog‘onadan quyilab, mos ravishda 84 va 91-o‘rinlarga joylashgan. Suriya esa birdaniga 18 qatorga yuqorilab, kuchli yuztalikka kirdi (96-o‘rin).
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston 9 o‘rin yuqorilab, 99-o‘ringa joylashdi va o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Qozog‘iston 7 o‘rin quyiladi va 90-o‘ringa tushdi. Turkmanistonning yangi reytingdagi o‘rni 2ta punktga yaxshilangan (111-o‘rin). Markaziy Osiyo davlatlari ichidagi eng past ko‘rsatkich Tojikistonga tegishli (140-o‘rin, +4).
O‘zbekiston terma jamoasi MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida 2-o‘ringa chiqib olgan. Faqat Ukraina termasi 29-o‘rin bilan O‘zbekistondan yuqorida joylashgan. Rossiya esa 53-o‘ringa tushib ketdi va Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida 3-jamoaga aylandi.
Reytingda Argentina terma jamoasi 1621 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘ringa Germaniya (1465 ochko, +1), uchinchi o‘ringa Braziliya joylashgan (1410 ochko, +1).
Kuchli beshlikni Belgiya (1382 ochko, -2) va Kolumbiya (1361 ochko, -1) yakunlagan.
Eng yaxshi yuqorilash Chernogoriya tomonidan qayd etilgan. "Qoratog‘liklar" birdaniga 49 pog‘ona "sakrab" 570 ochko bilan 56-o‘ringa joylashgan. Eng "chuqur sho‘ng‘ish" esa Kipr tomonidan qayd etildi - orolliklar jamoasi 52 o‘rin pastlab, 228 ochko bilan 139-o‘ringa tushgan.
200 terma jamoaning keyingi reytingi 2016 yilning noyabrida e'lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

11:09 / 18.04.2025