Iqtisodiyot | 12:51 / 20.10.2016
9633
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya kompaniyasi O‘zbekiston AJning yagona aksiyadori bo‘ldi

Germaniyaning Falk Porsche Technik GmbH kompaniyasi Deutsche Konstruktion Group o‘zbek aksionerlik jamiyatining yagona aksiyadori bo‘ldi. Kompaniyaning xabar qilishicha, rahbariyat qiymati 5 ming so‘mlik oddiy, hujjatsiz jami 25 mlrd so‘mlik aksiyalarni savdoga chiqarishga qaror qilgan. Bularning barchasi yagona aksiyadorlik jamiyati Falk Porsche Technik GmbH kompaniyasi obunasi bo‘yicha unga taqdim etilgan. 

Shu paytga qadar, Falk Porsche Technik GmbH o‘zbek-german «Doyche Kabel AG Toshkent» qo‘shma korxonasining yagona aksioneri hisoblanar edi. U 1999 yilda «Elektrosignal» OAJ negizida tashkil etilgandi. 

2016 yilda, nuz.uz saytining rasmiy manbalarga tayangan holda xabar qilishicha, korxonada 2,4 mln dollarlik texnik va texnologik qayta jihozlash ishlari amalga oshiriladi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko‘paytirishga imkon beradi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid