Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogerini Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga yangicha yondashuvga va'da berdi
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Rossiyaga halollik va muloqotga asoslangan yangicha yondashuv taqdim qiladi. U bu haqda 20 oktabrda Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammitiga kelgandan keyin aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Mogerinining aytishicha, Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar 20-21 oktabrda Belgiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi yetakchilari uchrashuvida muhokama qilinadigan mavzu bo‘lmaydi.
"Bugun Yevropa Ittifoqi, birinchi navbatda, zudlik bilan Halabga gumanitar yordam yetkazish, odamlarning hayotini qutqarish ustida ishlamoqda va diplomatik kanallar iloji boricha yarashuvni uzoqroq davom ettirish hamda ixtilofni hal qilish yo‘llarini qidirish uchun siyosiy imkoniyatlarni yaratishga intilmoqda", deb aytdi Mogerini.
Ayni vaqtda Bloomberg ushbu uchrashuvning rezolyutsiya loyihasiga iqtibos keltirgan holda, hujjatda Suriyadagi vaziyat sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi yodga olinganini ma'lum qildi.
Shvetsiya bosh vaziri Stefan Levenning aytishicha, Yevropa Ittifoqida Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritish borasida yakdillik yo‘q.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026