Armanistondagi navbatdagi saylov mamlakat içidagi hokimiyat uçun kuraşdan köra kattaroq ma’noga ega böldi: saylov natijalari Yerevanning Moskva bilan munosabatlari sovuqlaşuvi va Ğarbga yaqinlaşiş jarayoni davom etişini körsatdi.

Mavzu yuzasidan Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Jahongir Akramov va Kamoliddin Rabbimov şarhi.

— Armanistondagi saylov natijasi nimani anglatadi ?

Jahongir Akramov: Avvalo, bu saylovning eng muhim natijasi şundan iboratki, Armanistondagi siyosiy va geosiyosiy transformatsiya jarayoni amalda yakuniga yetdi. Armaniston jamiyati taşqi bosimlar va sobiq metropoliya ta’siriga qaramay, tanlagan siyosiy yölidan qaytmadi. Xalq 2021 yilda, Qoraboğdagi mağlubiyatdan keyin ham, Nikol Paşinyanni qöllab-quvvatlagan edi. Bu safar ham saylovçilar unga işonç bildirdi.

Ikkinçi muhim jihat – saylovning geosiyosiy mazmunidir. Bu nafaqat içki siyosiy kuraş, balki Janubiy Kavkazdagi kuçlar muvozanatiga ta’sir körsatadigan tanlov ham böldi. Mohiyatan, saylov Rossiya va Ğarb örtasidagi strategik yönaliş masalasida xalqning pozitsiyasini namoyon etdi. Albatta, Paşinyanning ğalabasi içki siyosiy omillar bilan ham boğliq, biroq taşqi siyosat nuqtayi nazaridan eng muhim xulosa şuki, Rossiyadan uzoqlaşiş va mustaqil taşqi siyosat yuritişga intilayotgan Armaniston hukumatining yöli saylovçilar tomonidan tasdiqlandi.

Bu esa kamida yaqin beş yil davomida amaldagi hukumat olib borayotgan siyosat davom etişini anglatadi. 2022–2023 yillardan boşlab şakllangan tendensiyalar saqlanib qoladi va bu Janubiy Kavkazda yangi siyosiy tizimning şakllanişiga xizmat qiladi. Bu jarayonni britaniyalik tarixçi va siyosatşunos Tomas De Ual (Thomas de Waal) ta’biri bilan aytganda, Janubiy Kavkazda endi avvalgidek ikki asosiy taşqi kuç markazi – Rossiya va Ğarb qarama-qarşiligi hukmron emas.

Mintaqa tobora multipolyar tus olmoqda. Endilikda Rossiya bilan bir qatorda Turkiya, AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Eron, Hindiston, Xitoy va arab davlatlari ham mustaqil geosiyosiy öyinçilar sifatida iştirok etmoqda. Bu esa Rossiyaning mintaqadagi avvalgi ustun mavqeyi sezilarli darajada zaiflaşganini körsatadi.

Saylov natijalariga kelsak, Nikol Paşinyan boşçiligidagi Fuqarolik kelişuvi partiyasi 49,8 foiz ovoz oldi. Uning asosiy raqibi – rossiyaparast tadbirkor Samvel Karapetyan bilan boğlangan siyosiy kuç 23,3 foiz ovoz töpladi. Armanistonning ikkinçi prezidenti Robert Koçaryan bilan boğliq siyosiy kuç esa 9,9 foiz natija qayd etdi. Şuningdek, “Farovon Armaniston” partiyasi parlamentga kiriş uçun zarur bölgan 4 foizlik tösiqdan öta oldi.