Savchenko Oliy Rada mudofaa qo‘mitasi majlisini janjal bilan tark etdi
Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko hamkasblari bilan tortishib qolgani sabab, parlamentning milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasining majlisini tark etgan.
Xabarlarga ko‘ra, qo‘mita a'zolari 2017 yilgi harbiy byudjyetni muhokama qilayotgan vaqtda, Savchenko o‘rnidan turib sumkasini olgan va eshikka yo‘nalgan. Yig‘ilish moderatori undan qayoqqa ketayotganini so‘ragan. Bunga javoban xalq deputati yaxshisi odamlar bilan suhbatlashaman, ana shu foydaliroq, deya eshikni qattiq yopib chiqib ketgan. Shundan so‘ng, qo‘mita a'zolari Savchenko ketishi bilan kvorum bo‘lmagani bois, qator muhim masalalarni muhokama qila olmasliklarini bildirishgan.
Xususan, parlament qo‘mitasi mudofaa byudjyetidan tashqari, Ukraina milliy xavfsizlik xizmati hisobotini ham tinglashi kerak edi. Bundan tashqari, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish masalasini muhokama qilish belgilangandi. «Korrespondent.net» sayti xabar qilishicha, shundan so‘ng, qo‘mita rahbari Sergey Pashinskiy Savchenkoning Donetsk va Lugansk vakillari bilan aloqasini tekshirishni so‘rab, UXXga murojaat tayyorlash fikrini ilgari surgan. Shuningdek, tekshiruv mobaynida Savchenkoning davlat siriga oid faoliyatini to‘xtatib turish taklif qilingan.

So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

00:06
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi

20:58 / 16.05.2025
Juda afsusdamiz – Yevropa yetakchilari Istanbulda o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralariga izoh berdi

19:01 / 16.05.2025
Istanbulda Rossiya–Ukraina muzokaralari yakunlandi. Asosiy ma’lumotlar

18:23 / 16.05.2025