Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yoshlari JCh yo‘llanmasi uchun Eron yoshlariga qarshi maydonga chiqadi
Bahraynda davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida o‘z guruhi peshqadamligini muddatidan avval hal qilgan O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda Eronga qarshi o‘ynaydi.
«S» guruhining 3-turidan keyin eronlik yoshlar ikkinchi o‘rinni egalladi. 3-turda Eron yoshlari Yamanni kichik hisobda yengdi. Avvalgi 2 turda Eron Qatar va Yaponiyaga qarshi bahslarda 1:1 va 0:0 hisoblaridagi duranglarni qayd etgandi.
3-turning ikkinchi o‘yinida yaponiyalik futbolchilar Qatarni taslim qildi — 3:0. Shu tariqa, Yaponiya 7 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi.
Endi Eron guruhdagi ikkinchi jamoa sifatida chorak finalda Jasur Abduraimov rahbarligidagi O‘zbekiston yoshlariga raqib bo‘ladi.
Bu o‘yinda nafaqat yarimfinal, balki JCh-2017 yo‘llanmasi taqdiri ham hal qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlari «D» guruhidagi so‘nggi turni 21 oktabr kuni Xitoyga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv natijasidan qat'i nazar O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallab bo‘lgan.
Osiyo Chempionati—U19
«C» guruhi. 3-tur
20 oktabr
Yaman — Eron 0:1
Gol: Abolfayz Razzohpur, 45 (0:1).
Qatar — Yaponiya 0:3
Gollar: Yuto Ivasaki, 14 (0:1). Miyoshi Koji, 45 (0:2). Tomiyasu Takehiro, 62 (0:3).
Mavzuga oid
09:33 / 30.03.2026
Amnesty AQShni JCh oldidan “avtoritar amaliyotlar”da aybladi
15:30 / 05.02.2025
Hokkey bo‘yicha Rossiya milliy jamoasi 2026 yilgi JChda ishtirok etmaydi
15:15 / 16.03.2021
«Metallurg» bosh murabbiyi iste'foga chiqdi. Klubga yangi bosh murabbiy tayinlandi
20:03 / 27.04.2017