Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID snayperi Iroqda jurnalistni o‘ldirdi
Iroq shimolidagi Kirkuk shahrida IShID snayperi jurnalistni o‘ldirdi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Frans Press axborot agentligi xabar bermoqda.
30 yoshli jurnalist Axmad Xajr O‘glu ko‘kragidan olingan jarohat oqibatida halok bo‘ldi. O‘q jurnalistga xavfsizlik kuchlari va jangarilar o‘rtasidagi otishma vaqtida tekkan.
Kirkuk 21 oktabrda IShID jangarilari tomonidan bexosdan hujumga uchradi. Jangarilar ertalab shahardagi ma'muriy binolarga, Dibis shahri yaqinidagi elektr stansiyaga hujum qilgan. Iroq xavfsizlik kuchlari hujumni qaytargan.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026