Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Tramp g‘olib bo‘lsa, uni shaxsan inauguratsiyaga kuzatib borishga tayyorligini aytdi
AQSh prezidenti Barak Obama AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamasligini, biroq agar u saylovlarda g‘olib bo‘lsa, uni shaxsan inauguratsiyaga kuzatib borishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Erik Shults ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Men aminmanki, respublikachilar nomzodi Trampni amaldagi prezidentchalik hech kim kamroq qo‘llab-quvvatlamasa kerak. Biroq shu sharoitda ham mamlakat rahbari hokimiyatni tinchlik bilan topshirish tarafdori. Va Obama Trampni AQSh kongressining Kapitoliy tepaligidagi binosiga kuzatib boradi", deb aytdi Shults.
Avvalroq Barak Obamaning o‘gay akasi Malik Obama Trampga o‘z ovozini berishga va'da bergandi. Malik Obama yakuniy teledebatlarda shaxsan ishtirok etishini aytgan. Tramp bunga javoban prezident qarindoshi bilan uchrashishdan xursand bo‘lishini aytgan.
Tramp agar saylovlar natijalari unda shubha uyg‘otsa, u bo‘yicha bahslashishidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi
07:29 / 25.07.2025
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi
14:23 / 21.07.2025