Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Guantanamo turmasini "qullar bozoriga" qiyosladi
Rossiya tashqi ishlar vazirligining inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligi masalalari bo‘yicha vakili Konstantin Dolgov AQShning Kubadagi Guantanamo turmasida saqlanuvchi mahbuslar sonining qisqartirilishi "qullar sotiladigan bozor"ni eslatadi deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"U yerda mahbuslar kamaydi, biroq keling ular qayerga g‘oyib bo‘lganlarini bir taftish qilib ko‘raylik. Bu mahbuslar keyinchalik ular bilan nima bo‘lishi haqida zarracha ham o‘ylanmay butun dunyo bo‘ylab tarqatilmoqdalar va bu holat qullar sotiladigan odam bozoriga o‘xshaydi", deb aytdi Dolgov.
Dolgovning aytishicha, turmani yopishga urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lmoqda.
"Guantanamoni yopish va AQSh maxsus xizmatlari Iroq va Guantanamoda qo‘llagan qiynoqlarni taftish qilishga barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Hech kim jazolanmagan va hech narsa tergov qilinmagan. Biror odam javobgarlikka tortilmadi, Guantanamo esa qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday qolmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Dolgov.
Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama terrorchilikda gumon qilinganlar saqlanadigan Kubadagi Guantanamo harbiy turmasini hali ham yopish istagidaligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026