Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQShdan Janubiy Koreyadagi "BMT qo‘mondonligini" tugatishni talab qildi
Shimoliy Koreya BMT "Koreya yarimorolida mustahkam tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash vazifasiga zid keluvchi maqsadlarda foydalaniladigan amaliyotni bas qilishga chaqirdi". Bu haqda Shimoliy Koreya vakili hozirda o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasi 71-sessiyasi davomida o‘tgan huquqiy masalalar bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishidagi nutqida aytib o‘tdi. Bu vakilning nutqi matni Koreya markaziy telegraf agentligi kanallari orqali tarqatilgan.
Shu munosabat bilan Shimoliy Koreya vakili AQShdan "Janubiy Koreyada noqonuniy ravishda yaratilgan "BMT qo‘mondonligi"ni zudlik bilan tarqatib yuborishni va uning hududidan BMT Bosh assambleyasining 30-sessiyasidayoq qabul qilingan qarorga mos ravishda tajovuzkor harbiy kuchlarni olib chiqishni" talab qilgan.
Vakilning aytishicha, hozirda 1950-1953 yillardagi Koreya urushi vaqtida yaratilgan bu harbiy mexanizm "BMT qo‘shinlariga hech qanday aloqasi yo‘q va AQSh tomonidan Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlarcha siyosatni amalga oshirish uchun qo‘llanadi". Unda ishtirok etgan barcha BMTga a'zo davlatlar o‘z qo‘shinlarini Koreya yarimorolidan allaqachon olib chiqib ketishgan va faqatgina AQSh o‘zining qo‘shinlarini qoldirgan". Shimoliy Koreya vakilining aytishicha, Vashington "BMT qo‘mondonligini" "NATOning Osiyo versiyasini yaratish uchun ko‘pmillatli kuchlar qo‘mondonligiga" aylantirmoqchi.
Shimoliy Koreyada bu harbiy tuzilmaning saqlanib qolishi "eskilik sarqiti bo‘lib, BMTning asosiy hujjatlari qoidalarini buzadi, Koreya yarimorolida tinchlik va xavfsizlikka erishishga to‘sqinlik qiladi", deb aytilmoqda.
Shimoliy Koreya BMT qo‘mondonligini zudlik bilan tugatish va "ba'zi davlatlarga o‘z siyosiy manfaatlarida BMTdan foydalanishga imkon beruvchi noqonuniy amaliyotga chek qo‘yish kerak" deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026