AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga köra, harbiy operatsiya 10 iyun kuni keçqurun boşlangan. Vaşington bu harakatlarni Eronning davom etayotgan agressiv siyosatiga javob sifatida izohlamoqda.

Oq uy rahbari Donald Tramp avvalroq Eronga qarşi yangi zarbalar bölişi mumkinligini bildirgan edi. AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset ham Tehronni yangi harbiy harakatlardan ogohlantirib, amalga oşirilayotgan operatsiyalar uruşni kengaytiriş emas, balki kelişuvga erişiş uçun bosim ötkaziş maqsadida ekanini ta’kidlagan.

OAV ma’lumotlariga köra, AQŞ zarbalari Eronning janubiy hududlariga qaratilgan. Xususan, Minob va Sirik şaharlari atrofida portlaşlar qayd etilgan. Şuningdek, Bandar-Abbos şahridagi aeroport va harbiy baza yaqinida ham kuçli portlaş ovozlari eşitilgani xabar qilinmoqda.

Bunga javoban Eron AQŞning Fors körfazi mamlakatlari va Iordaniyada joylaşgan harbiy bazalariga raketa hujumlari uyuştirgani haqida xabarlar tarqaldi. Kuvayt havo hujumidan mudofaa kuçlari yuqori şaylik holatiga keltirilgan, Bahraynda esa havo xavfi sirenalari yangragan.

Şu bilan birga, Eron harbiy qömondonligi Hörmuz böğozining töliq yopilganini e’lon qildi. Rasmiy bayonotda aytilişiça, böğoz orqali harakatlanişga uringan har qanday kema nişonga olinişi mumkin.

Biroq AQŞ Markaziy qömondonligi bu ma’lumotni rad etdi. CENTCOM bayonotiga köra, tijorat kemalari Hörmuz böğozi orqali harakatlanişda davom etmoqda va dengiz yöli töliq yopilmagan.

Tomonlar bayonotlaridagi ziddiyatli ma’lumotlar sababli mintaqadagi vaziyat böyiça mustaqil tasdiqlangan axborotlar kutilmoqda.