Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeff Bezos Donald Trampni koinotga jo‘natmoqchi ekanligini tasdiqladi
Blue Origin kosmik kompaniyasining asoschisi, milliarder Jyeff Bezos Vanity Fair jurnali sammitida ishtirok etar ekan, Donald Trampni koinotga jo‘natish istagini tasdiqladi. Bu haqida Gizmodo nashri ma'lum qildi.
"Mening raketam bor, shunday ekan, buni amalga oshirish uchun imkon bor", - dedi Bezos.
Jyeff Bezos 2015 yildayoq shunday niyati borligini bildirgan edi. Bunga Trampning Bezosga tegishli Amazon kompaniyasini "daromadsiz kompaniya" deya atagani sabab bo‘lgan. Sayyoramizning eng badavlat kishilaridan biri Jyeff Bezos bunga e'tibor bermaganini aytgan, aslida esa bundan qattiq ranjigan.
Blue Origin — sayyohlarni New Shepard raketa tashuvchisi yordamida koinotga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi kosmik loyiha. 100 kilometrga ko‘tarilgandan keyin sayyohlar joylashgan kapsula tashuvchidan uzoqlashadi va parashyutda yerga tushadi.
Blue Origin kompaniyasi to‘rt marta ana shunday parvozni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, u 2016 yilning 5 oktabrida New Shepard raketasida qutqaruv tizimini sinovdan o‘tkazdi. Sinov natijalari hatto kosmik texnika yaratuvchilarini ham hayratga soldi. Nafaqat yo‘lovchilar joylashgan kapsulani "otuvchi" qutqaruv tizimi, balki raketa tashuvchining o‘zi ham parvozdagi vazifasini bajarib, hech qanday shikast yetmay Yerga qaytib tushdi.
Mavzuga oid
22:59 / 13.05.2026
O‘zbekistonning ilk kosmonavti 2028 yilda koinotga uchiriladi
22:12 / 05.04.2026
«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyga sayohatdan ilk suratlarni namoyish etdi
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026