Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Everestni zabt etgan birinchi ayol vafot etdi
Dunyodagi eng baland cho‘qqi – Everestni zabt etgan birinchi ayol bo‘lgani bilan tanilgan yaponiyalik Dzyunko Tabei 78 yoshida vatanida vafot etdi. Bu haqda alpinist ayolning yaqinlari ma'lum qilishdi.
Tabei saraton bilan uzoq kurashdan keyin vafot etdi. Ayol 20 oktabrda ertalab olamdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda Kiodo axborot agentligi.
Yaponiyaning Fukusima prefekturasida yashagan ayol 1975 yilda 35 yoshida Everestni zabt etgan birinchi ayol bo‘lgan. 17 yildan keyin Tabei yana birinchi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan: u 1992 yilda "Yetti cho‘qqi" – har bir qit'adagi eng baland cho‘qqilarni (Osiyo –Jomolungma yoki Everest, 8848 m; Janubiy Amerika – Akonkagua, 6962 m; Shimoliy Amerika – Denali, 6190 m; Afrika – Kilimanjaro, 5895 m; Yevropa – Elbrus, 5642 m; Monblan, 4810 m; Antarktida – Vinson massivi, 4892 m; Avstraliya va Okeaniya – Jaya, 4884 m; Avstraliya –Kostsyushko tog‘i, 2228 m) zabt etish dasturini yakunlashga muvaffaq bo‘lgan birinchi ayol bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:10 / 07.06.2026
6 kun Everestda yolg‘iz: yo‘qolgan alpinist mo‘jiza tufayli tirik qoldi va o‘zi pastga tushib keldi
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026