Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
Yaponiya hukumati “O‘zbekiston – Yaponiya markazi” loyihasining VI bosqichini amalga oshirish uchun dastlabki baholashga ko‘ra 2,9 million AQSh dollari miqdorida texnik yordam ajratadi.
Prezidentning “Yaponiya bilan texnik hamkorlik doirasida “O‘zbekiston – Yaponiya markazi (VI bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, “O‘zbekiston – Yaponiya markazi” loyihasining VI bosqichi Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etiladigan texnik yordam mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Dastlabki baholash natijalariga ko‘ra, mazkur mablag‘ hajmi 2,9 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston – Yaponiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.
Loyiha ikki davlat o‘rtasidagi texnik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda biznes va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
10:17 / 16.07.2026
O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
20:40 / 27.06.2026