Sport | 00:16 / 23.10.2016
5242
2 daqiqa o‘qiladi

"Liverpul" uyda "Vest Bromvich"ni mag‘lub qildi va birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Angliya Premer-ligasining 9-turida "Liverpul" jamoasi uyda "Vest Bromvich"ni qabul qildi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Sado Mane hisobni ochdi. Oradan o‘n besh daqiqa o‘tib esa Felippe Koutino "Liverpul"ning o‘yindagi ikkinchi golini urdi va tanaffusga 2:0 hisobida chiqib ketishni ta'minladi. Ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasiga kelib mehmonlar bir bor "mersisaydliklar" darvozasini ishg‘ol qildi. Shunday qilib, o‘yin 2:1 hisobida "Liverpul"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada, Yurgen Klopp shogirdlari "Manchester Siti" bilan ochkolar borasida tenglashib oldi va ko‘rsatkichlari evaziga hozircha birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Liverpul – Vest Bromvich 2:1 
Gollar:
 1:0 – 20 Mane, 2:0 – 35 Koutino, 2:1 – 81 Makoli. 
Liverpul – Karius, Lovren, Matip, Klayn, Koutino, Djan, Firmino, Lallana (Veynaldum, 79), Mane, Xenderson, Milner.
Vest Bromvich – Foster, Makoli, Nom, Douson, Olsson, Fletcher, Yakob (Brant, 46), Shadli, Fillips (Morrison, 51), Makkleyn (Robson-Kanu, 65), Rondon.
Ogohlantirishlar: Yakob (43), Makkleyn (57).

 

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid