Unga köra, Özbekiston milliy jamoasi hamda «Mançester Siti» klubi himoyaçisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 35 million yevroga kötarildi. Bu narx – Özbekiston va Markaziy Osiyo futboli uçun yangi rekord sanaladi.
Narxi uç baravarga kötarildi
Sönggi bir yilda 21 yoşli Husanovning transfer narxi 1,5 million yevrodan 2 mln yevroga, oktyabr oyida 5 mln yevroga, dekabrda 12 million yevroga yetgandi. «Lans»dan «Mançester Siti»ga ötib, jamoaning asosiy himoyaçilaridan biriga aylangaç, qariyb uç baravarga qimmatlaşib, bugun 18 mart kuni portal uning bahosini 35 million yevrogaça kötardi.

Özbek futboli tarixidagi mutlaq rekord narx
Abduqodir Husanovning transfer bahosi 35 million yevroga yetişi Özbekiston futboli uçun mutlaq rekord sanaladi. Özbekiston milliy jamoasining umumiy transfer bahosi ayni damda 70 mln yevroni taşkil etsa, şundan 35 mln narx Abduqodirga tegişli, qolgan 35 million yevro jami öyinçilarning umumiy bahosidir.
Bungaça Eldor Şomurodovning 2021 yilgi 14 million yevro transfer bahosi Özbekiston futbolidagi mutlaq rekord transfer narxi sanalardi. Husanov 35 million yevro bahosi bilan uşbu rekordning yangi sohibiga aylandi.

«Mançester Siti»ning eng qimmatbaho 2-markaziy himoyaçisi
Qayd etiş joiz, Husanov bu borada «Mançester Siti»ning eng qimmatbaho ikkinçi markaziy himoyaçisiga aylandi. Bu borada Ruben Diaşning bahosi 70 mln yevroni taşkil etsa, Natan Ake (32 mln yevro), Manuel Akanji (32 mln yevro), Jon Stounz (30 mln yevro) singari markaziy himoyaçilarning bahosida pasayiş kuzatilgan.
De Bryuyne, Ederson, Gundöğan, Kovaçiçni ortda qoldirdi
Abduqodir transfer bahosi böyiça klubida nafaqat bir qator himoyaçilarni, balki nomdor öyinçilarni ham ortda qoldirdi. Xususan, mançesterliklarning yetakçilaridan bölgan Kevin de Bryuyne (27 mln), Ederson (25 mln), Mateo Kovaçiç (25 mln), Ilkay Gundöğan (7 mln) singari yulduzlardan özib ketişga erişdi. Ammo qayd etiş joiz, bu uşbu tajribali öyinçilarning transfer bahosi yoşi 30dan oşganligi sababli ham pasaytirilgan.










