Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:04 / 23.10.2016
8092
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Hillari Klinton Trampni 12 foiz ortda qoldirmoqda
Foto: infoclass.info
AQShning AVS telekanali tomonidan jamoatchilik fikrini bilish uchun o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klinton reytingi uning asosiy raqibi Donald Trampnikidan 12 foiz oldinda, deb xabar bermoqda The Daily mail nashri.
Klinton 50 foiz, Tramp esa 38 foiz ovoz to‘plagan.
Trampning reytingiga yaqinda uning ayollar haqida nomaqbul gaplar aytgani videosi chop etilishi va uning nomzodini ba'zi partiyadoshlari qo‘llab-quvvatlamay qo‘ygani ta'sir qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish