Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda AQSh va Britaniya televideniyelari o‘rtasidagi farq namoyish qilindi
Internetda AQSh va Britaniya televideniyelari o‘rtasidagi farq namoyish qilindi. AQShning Fox News va Buyuk Britaniyaning BBC telekanallari yangiliklar dasturlaridan olingan lavhalar birlashtirilgan rolik LowkeyMo taxallusi ostidagi foydalanuvchi tomonidan tvitterda chop etildi va 4 ming repost to‘pladi.
Videoda Fox News boshlovchisi Janin Piro tomoshabinlarga ularning bari xavf ostidaligini ma'lum qiladi. "Biz ularni o‘ldirishimiz kerak", deydi Piro va "Ularni bombardimon qilish kerak, so‘ngra yana bombardimon qilish kerak!" deb qo‘shimcha qiladi. Bu orada BBC boshlovchisi Dandi shahrida (Shotlandiya) tovuq yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tgani uchun hibsga olinganini ma'lum qiladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari rolik ostida qoldirilgan izohlarda agar tovuq AQShda yo‘lni noto‘g‘ri joydan o‘tganda uni otib tashlashgan yoki bombardimon qilishgan bo‘lishlari haqidagi fikrga kelishgan. "Juda omadli qush ekan", deb aytgan foydalanuvchilardan biri tovuqning Shotlandiyadaligiga sha'ma qilib.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026