07:27 / 24.10.2016
13088

Trampning "yalang‘och" haykali auksionda sotildi

Foto: Reuters/ Brendan McDermid

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni "yalang‘och" aks ettiruvchi haykal 22 oktabrda Los-Anjyelesdagi auksionda 22 ming dollarga sotildi. Bu haqda CBS Los Angeles telekanal xabar bermoqda 

Julien"s Auctions auksioni tashkilotchilarining aytishicha, INDECLINE rassomlar anonim jamiyatining haykali auksionda "eng ko‘p muhokama qilingan buyumlardan biri bo‘ldi". Avvalroq INDECLINE Trampning shunday haykallarini AQShning Nyu-York, Los-Anjyeles, San-Frantsisko, Klivlend va Sietl shaharlaridagi gavjum joylarda joylashtirgani ma'lum qilingandi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning haykalidan tushgan mablag‘ning bir qismi muhojirlarga ko‘mak ko‘rsatuvchi Milliy immigratsiya forumiga o‘tkaziladi.

Donald Tramp o‘zining muhojirlarga qarshi toqatsizligi bilan ajralib turadi.

Mavzuga oid
Top