Jahon | 08:50 / 24.10.2016
5850
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya yetakchisi prezidentlik vakolatini uzaytirish uchun konstitutsiyani ko‘rib chiqish taklifini berdi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakat prezidentiga ketma-ket ikki muddatga saylanishga ruxsat berilishi uchun mamlakat konstitutsiyasini ko‘rib chiqish taklifini bildirdi. Hozirda mamlakat qonunchiligiga ko‘ra bunday imkoniyat ko‘zda tutilmagan. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda

Janubiy Koreya yetakchisi bir palatalik parlamentda byudjyet masalalari bo‘yicha yig‘ilishda uning prezidentlik vakolatlari 2018 yil fevralda yakunlanguncha hukumat konstitutsiyani ko‘rib chiqish uchun maxsus davlat idorasini tuzishini ma'lum qildi. 

Avvalroq Pak Kin Xe muhimroq ishlar borligini ro‘kach qilib, bu mavzuda munozara yuritishga qarshi chiqayotgandi. Biroq yangi prezidentlik saylovlari yaqinlashib qolgani sababli uning bu fikri o‘zgarib qolgan. 

Pak Kin Xening aytishicha, hozirda oxirgi marta 1987 yilda o‘zgartirilgan konstitutsiyani ko‘rib chiqishning "ayni vaqtidir".

"Konstitutsiya tomonidan 30 yil avval belgilangan 5 yillik bir marotabalik prezidentlik muddati demokratlashuv davri uchun mos kelgan bo‘lsa kerak, biroq hozir bu o‘lchamga mos kelmaydigan kostyumdir", deb o‘z fikrini bildirdi Janubiy Koreya prezidenti.  

Pak Kin Xe – Janubiy Koreyaning sobiq yetakchisi Pak Chon Xining qizi bo‘lib, uning otasi davrida mamlakat "iqtisodiy mo‘'jiza"ga erishgan. Ayni vaqtda konservativ partiya a'zosi bo‘lgan Pak Kin Xe hukumati Shimoliy Koreyaga nisbatan qat'iy pozitsiya egallab turibdi.  

Joriy ming yillik boshidan mamlakat yuqorisida turgan demokratik kuchlar aksincha Shimoliy Koreya bilan faol aloqa o‘rnatish va hamkorlikni rivojlantirib kelishgandi. Ular bu yo‘l natijada Koreya yarimorolidagi yadroviy muammoni hal qilishga olib keladi, deb umid qilishgan. 

 

Mavzuga oid