Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm | 15:32 / 02.02.2026
3662
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga koreyaliklar oqimi ko‘paydi: 46 ming tashrif
2025 yil davomida Janubiy Koreya fuqarolarining 46,3 ming nafari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5,2 ming nafarga yoki 12,2 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif buyurgan Koreya fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- sayohat — 36,1 ming nafar (taxminan 78 foiz);
- xizmat yuzasidan — 5,1 ming nafar (taxminan 11 foiz);
- qarindoshlarni yo‘qlash — 4,1 ming nafar (taxminan 9 foiz);
- o‘qish — 917 nafar (taxminan 2 foiz);
- tijorat — 4 nafar.
Qayd etilishicha, safarlarning asosiy qismi “sayohat” maqsadi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, xizmat yuzasidan keluvchilar va qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida tashriflar ham sezilarli ulushni tashkil etgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish