Jahon | 07:50 / 25.10.2016
4804
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy shimolida yuz bergan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: YeRA (arxiv)

Xitoyning Shensi viloyatidagi Sinmin qishlog‘idagi uyda portlash yuz bergani oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 157 kishi jarohat oldi. Ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, portlash oqibatida yaqin atrofdagi bir necha uy va gospital vayron bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Ta'kidlanishicha, qurbonlar va jarohatlanganlar soni oshishi mumkin.  

Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

 

Mavzuga oid