Pentagon: Rossiya Raqqani ozod etishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ishtirok etmaydi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Raqqa shahrini ozod qilish amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlamoqda. Buni rejalashtirish jarayonida Rossiyaning ishtirok etishi ko‘zda tutilmagan.
RIA Novosti agentligining AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karterga asoslanib xabar berishicha, ushbu amaldor bu haqda koalitsiya ishtirokchilarining mudofaa vazirlari yig‘ilishida aytib o‘tgan.
«Rossiya Raqqa bo‘yicha reja tuzishda ishtirok etmaydi. Muvofiqlikda harakat qilish haqida gapiradigan bo‘lsam, biz ma'lum masalalarni harbiy kanallarimiz orqali hal qilamiz. Ikki tomonda ham bu professional darajada yo‘lga qo‘yilgan», — deya qayd etgan vazir.
Bundan oldinroq Suriyadan Iroqdagi Mo‘sul shahri mudofaasiga yordamlashish uchun IShIDning minglab jangarilari yetib kelgani ma'lum qilingandi.
Shuningdek, OAVda AQSh Suriyadagi Raqqa shahrini ozod qilishda Turkiya bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar berildi.
Mavzuga oid
13:22 / 13.11.2024
Pentagon hujjatlarini oshkor etishda ayblangan shaxs 15 yilga qamaldi
07:56 / 13.11.2024
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
09:00 / 30.10.2024