Kuvayt mudofaa vazirligi 2 mart kuni Amerikaning bir neça qiruvçi samolyoti «qulagani» haqida xabar berdi. Ekipaj a’zolarining barçasi muvaffaqiyatli katapulta qilingani va şifoxonaga yotqizilgani ma’lum qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Amerika qiruvçi samolyoti halokati aks etgan kadrlar tarqalgan. Jurnalistlar aniqlaşiça, bu kadr AQŞning Kuvaytdagi Al-Salom bazasidan 10 kilometr masofada olingan.
Xabarlarda qolgan samolyotlar qayerda halokatga uçraganiga aniqlik kiritilmagan.
Keyinroq AQŞ qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) F-15E rusumli uçta qiruvçisini yöqotganini tasdiqladi. Bayonotda samolyotlar Kuvayt havo hujumidan mudofaa kuçlari Eron hujumini qaytariş çoğida xatolik tufayli urib tuşirilgani qayd etilgan.
Olti nafar uçuvçi katapulta qilingani, ularning holati şifokorlar tomonidan barqaror deb baholangani ma’lum qilingan.

Eron 28 fevral kunidan buyon AQŞning Yaqin Şarqdagi ittifoqçilari, jumladan, Kuvaytga ham zarbalar bermoqda. Bu yerda Amerika harbiy-havo kuçlarining yirik bazasi joylaşgan.












