Rossiyaga sanksiyalarni buzgan holda lyuks toifadagi 111 ta avtomobil yetkazib bergani uçun Vyursburg şahridagi sud Bavariyadan bölgan avtodilerni 6 yilga qamaşga hukm qildi, deb xabar berdi Essen şahri bojxona boşqarmasi 2 mart, duşanba kuni. Maşinalarning oxirgi qabul qiluvçilari orasida FSB, FSO xodimlari, “Rosneft” hamda RF prezidenti ma’muriyati vakillari bölgan.

49 yoşli avtodiler Andreas M. Rossiyaga tovar yetkazib beriş böyiça embargoni buzganlikda aybdor deb topildi, deb aniqlik kiritdi tergov bilan şuğullangan Essen bojxona boşqarmasi. Erkakning şerigi Inna V. esa 2 yil muddatga şartli jazo oldi. Şuningdek, sud aybdorlardan 18,6 mln yevro undiriş haqida qaror çiqardi. Hukmdan oldin aybni tan oliş böyiça kelişuv tuzilgan, hozirça hukm qonuniy kuçga kirmagan.

Tergov 2024 yil may oyidan boşlab Essen bojxona boşqarmasi va Vyursburg prokuraturasi tomonidan birgalikda olib borilgan. Qayd etilişiça, avtodiler “bronlangan avtomobillar, avvalo Germaniyaning maşhur işlab çiqaruvçilaridan birining maşinalarini” sotişga ixtisoslaşgan. Tergovçilar bu qaysi kompaniya ekanini aniq aytmagan. Ular e’lon qilgan musodara qilingan maşina suratida esa Mercedes-Benz S-klass körsatilgan.

Andreas M. bu maşinalarni qalbaki firmalar tarmoği orqali sotib olgan. 2022 yilda Rossiyaga lyuks avtomobillar sotişga çeklovlar kiritilganidan keyin, uşbu diler Moskvadagi eng yirik ikki premium avtosalonning asosiy yetkazib beruvçilaridan biriga aylangan. Uruşgaça u asosan Qozoğiston bilan savdo qilgan.

Jami u Rossiyaga qariyb 20 mln yevro qiymatidagi 111 ta avtomobilni yetkazib bergan. Yana 40 mln yevro qiymatidagi 400 ta avto sotilişi oldi olingan.