Haagadagi arbitraj sudining Rossiya YuKOS neft kompaniyasining sobiq investorlariga 65 mlrd dollardan ortiq (taxminan 56 mlrd yevro) kompensatsiya tölaşiga oid qarori adolatli, deb topildi. YuKOSning sobiq investorlari bu qaror ijrosiga Buyuk Britaniya hududida erişişga harakat qilişi mumkin, deb qaror qildi London Oliy sudi 2 mart, duşanba kuni.

Gap 2014 yilda Haagadagi Doimiy hakamlik sudi (Permanent Court of Arbitration) palatasi YuKOS işi böyiça çiqargan qaror haqida ketmoqda. Öşanda sud kompaniyaning eng yirik aksiyadori Mixail Xodorkovskiy hibsga olingandan keyin amalga oşirilgan milliylaştiriş noqonuniy bölgan, degan xulosaga kelgan va Rossiyani sobiq aksiyadorlarga kompensatsiya tölaşga majbur deb topgan. Dastlab gap taxminan 50 mlrd dollar haqida borayotgan edi. Hozirga kelib, foizlar va penyalar summani qariyb 65 mlrd dollargaça oşirgan.

YuKOSning sobiq aksiyadorlari manfaatlarini uçta kompaniya — Hulley Enterprises, Veteran Petroleum va Yukos Universal — himoya qiladi. Ularning benefitsiarlari rasman oçiqlanmagan. Rossiya tomoni ma’lumotlariga köra, ular ortida Leonid Nevzlin, Mixail Brudno va Vladimir Dubov turibdi, bu uçala şaxsga jami hisobda YuKOSning taxminan 70 foizi tegişli bölgan. Mixail Xodorkovskiy esa jarayonda iştirok etmayotganini va avval ham iştirok etmaganini bildirgan.

Rossiya Haagadagi sud qarori ustidan bir neça bor bahslaşişga urinib körgan — lekin nizoning mohiyati böyiça emas (bu uçun yuristlar asos topmagan), balki RF fikriça da’vogarlar va ularning vakillari tomonidan yöl qöyilgan turli qoidabuzarliklarga tayanilgan.

2025 yil örtalarida Niderlandiya Oliy sudi Rossiya tomonining kassatsiya şikoyatini rad etdi va Amsterdam apellyatsiya sudining taxminan 65 mlrd dollar miqdorida kompensatsiya tölaş haqidagi qarorini kuçda qoldirdi.

Şu bilan birga, kuzatuvçilar Rossiya sud qarorini bajarişi ehtimoli past, deb hisoblaydi. 2020 yildayoq RF Konstitutsiyaviy sudi mamlakat hukumatiga xalqaro instansiyalar qarorlarini bajarmaslikka ruxsat bergan edi.

Öşa 2020 yilda YuKOSning sobiq aksiyadorlari manfaatlarini sudlarda himoya qiluvçi GLM kompaniyasi Benilyuks mamlakatlarida Rossiyaning davlatga qaraşli “Soyuzplodoimport” kompaniyasiga tegişli 18 ta savdo belgisini xatlov oldirişga erişgan. 2024 yilda xatlovga olingan savdo belgilari auksionda sotilgan va YuKOSning sobiq aksiyadorlari taxminan 1,7 mln dollar olgan.