Rossiya bosh shtabi: AQSh harbiy-havo kuchlari Mo‘suldagi qizlar maktabiga zarba bergan
AQSh harbiy-havo kuchlari 21 oktabrda Mo‘sulda qizlar maktabiga zarba bergan. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Uning aytishicha, gap shahar janubidagi Al-Haj Yunus maktabi haqida ketmoqda.
Rudskoyning aytishicha, AQSh samolyotlari shuningdek 22 oktabrda Mo‘sul chetidagi Qorako‘sh va Hazna turarjoy mavzelariga, 23 oktabrda koalitsiya kuchlari Qorakxarob va Ash-Sho‘ro aholi punktlariga zarba bergan.
Rudskoyning ta'kidlashicha, AQSh aviazarbalaridan uch kun ichida 60 dan ko‘proq tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 200 dan ko‘prog‘i jarohatlangan. Bundan tashqari, bir nechta ijtimoiy muassasalar binolari vayron bo‘lgan.
Shu sababli AQSh boshchiligidagi koalitsiya ushbu hujumlar yuzasidan tergov o‘tkazish uchun Rossiya hukumatidan Mo‘sulga berilgan aviazarbalar haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishishni so‘ragan.
"Tinch aholi orasida qurbonlar haqidagi taxminga kelsak, Mo‘sul janubi juda katta tuman. Biz fuqarolar orasidagi qurbonlar haqidagi barcha taxminlarni jiddiy qabul qilamiz. Biroq bizga koalitsiya samolyotlari bu voqealarga aloqador ekanligini aniqlash uchun aniqroq ma'lumot kerak bo‘layapti", deb aytdi koalitsiya vakili.
Mavzuga oid
00:35 / 10.01.2018
Mo‘sulda qo‘lga olingan IShID jallodi pora evaziga qo‘yib yuborildi – OAV
00:43 / 21.12.2017
Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi
11:11 / 04.09.2017
OAV: IShIDning 1300 ga yaqin xorijlik jangarisi Iroq armiyasiga taslim bo‘ldi
15:30 / 27.08.2017