Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistonda "Al-Qoida" bo‘limi yetakchilariga zarba berdi
Pentagon uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida Afg‘oniston shimolida "Al-Qoida" bo‘limi yetakchisi Faruk al-Qataniyga zarba berilganini ma'lum qildi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, zarbaga al-Qataniyning o‘rinbosari ham uchragan. Biroq amerikalik harbiylar terrorchilar o‘lganini tasdiqlay olmasliklarini aytganlar. Ayni vaqtda Pentagon zarbalar natijalarini baholamoqda.
Al-Qataniy Qatar fuqarosi hisoblanadi. Shu yilning fevralida AQSh uni Yevropa va AQShga fitna uyushtirishda ishtirok etishda ayblab, eng ko‘p qidiriluvchi terrorchilar ro‘yxatiga kiritgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026