Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MI-6 rahbari “Jyeyms Bond haqiqiy josus bo‘la olmaydi” deb hisoblaydi
Foto: vogue.com
Birlashgan Qirollikning MI-6 tashqi razvedka xizmati rahbari Aleks Yanger Back History Month nashriga bergan intervyusida taniqli kinoqahramon Jyeyms Bond hayotda haqiqiy josus bo‘la olmasligini ma'lum qildi.
“Jyeyms Bonddan farqli o‘laroq, MI-6 ofitserlari axloq me'yorlariga rioya qilishadi. Aslida, kuchli axloqiy poydevor bizning xodimlarimiz uchun zarur asosiy xislatlardan biri hisoblanadi”, - dedi Yanger.
MI-6 rahbari so‘zlariga ko‘ra, Jyeyms Bond razvedka xodimlari qatoriga qo‘shilish sinovlaridan o‘ta olmasdi, zero “haqiqiy ofitserlar yuqori darajadagi hissiy idrokka ega bo‘lib, jamoada ishlashni qadrlashadi va janob Bonddan farqli ravishda qonunni doim hurmat qilishadi”.
Yangerning ta'kidlashicha, idorada Bondning vatanparvarlik hissi, uning kuch-g‘ayrati va qat'iyati qadrlanadi.
Britaniya tashqi razvedkasi rahbari MI-6 haqidagi afsonalardan xalos bo‘lish payti kelgani hamda razvedka xodimining ishi “aqliy salohiyat talab qilishi”ni ta'kidladi.
Mavzuga oid
14:18 / 17.03.2026
Polsha yana bir Rossiya razvedka samolyotini to‘xtatib qoldi
20:32 / 08.03.2026
AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi
22:06 / 06.03.2026
WP: Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bermoqda
19:33 / 24.02.2026