Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Nissan" 25 yillik modelini ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Nissan kompaniyasi 2017 yil may oyida Meksikada 25 yildan beri ishlab chiqarilayotgan Tsuru sedanini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
O‘zidan uchinchi avloddagi Sentra modelini aks ettiruvchi Tsuru Meksikada 1992 yildan beri ishlab chiqariladi. Bu vaqt ichida sedan bir necha bor yangilangan, biroq biror-bir konstruktiv o‘zgarishga uchramagan.
Nissan Tsuru 2003 yildan Meksikada Volkswagen Beetle konveyerdan olingandan so‘ng, bu mamlakatda eng ko‘p taniluvchi avtomobilga aylangan. Tsuru negizidagi taksi Mexikoning "tashrif qog‘ozi"ga aylangan.
2015 yil natijalariga ko‘ra, Tsuru Meksikadagi eng ommabop modellar orasida 7-o‘rinni egallagan. Model Meksikadan tashqari Peruda ham ishlab chiqariladi.
Kompaniyada Tsuru‘ning to‘xtatilishi sabablari aytilmagan. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, model xavfsizlikka talab kuchaygani sababli konveyerdan olinadi. Yaponlar modelni yangilash o‘zini iqtisodiy oqlamaydi, deb hisoblamoqdalar.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026