21:21 / 27.10.2016
7774

Ukraina prezidenti har kuni ibodat qilishini ma'lum qildi

Foto: RIA

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko har kuni ertalab ibodat qilishga 15-20 daqiqa ajratishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi

"Har kuni men uyg‘onib, ibodat qilaman. Bu taxminan 15-20 daqiqa oladi", deb aytdi Poroshenko talabalar bilan uchrashuvda.

Poroshenko bunda "Ukraina prezidenti sifatida qasamyod keltirgan Injilni eslashini" ta'kidlab o‘tdi. 

Poroshenko 2014 yil may oyida o‘tgan saylovlarga ko‘ra, Ukraina prezidenti bo‘lgan. 2016 yil "Reyting" ijtimoiy guruhi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Poroshenkoning Ukraina prezidenti sifatidagi faoliyatini bor-yo‘g‘i 3 foizgina ukrainaliklar qo‘llab-quvvatlashi, 73 foizi esa norozi ekanini ma'lum bo‘lgan.  

 

Mavzuga oid
Top