Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroşenkoning 21 oktyabr, juma kuni DW mediakompaniyasiga bergan intervyusida aytişiça, Ukraina Rossiya Eronda işlab çiqarilgan uçuvçisiz uçoqlardan bu mamlakatdagi fuqarolik nişonlariga zarba beriş uçun foydalanganini tasdiqlovçi «dalillarning töliq röyxati»ga ega. Bu dronlarning Erondan kelgani haqidagi ma’lumotlarni tekşiriş uçun BMT boş kotibidan mustaqil komissiya taşkil qilişni söraş lozim, dedi Poroşenko.
U Yevropa ittifoqiga Eronning yuqori martabali amaldorlariga nisbatan Rossiyaga kamikadze dronlarni yetkazib bergani tufayli sanksiyalar kiritgani uçun minnatdorçilik bildirdi, buning uçun Ukraina, uning sözlariga köra, «begunoh odamlarning hayoti bilan tölovni amalga oşirdi». Ukrainaning sobiq prezidenti mamlakati hozir nafaqat Rossiya, balki Eron bilan ham uruş holatida ekanini ta’kidladi.
Kreml, öz navbatida, Ukrainada Eron uçuvçisiz uçoqlaridan foydalanilganini «asossiz ayblovlar» va «fitna nazariyasi» sifatida rad etdi.
Petro Poroşenko DW naşriga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, Rossiyaning energetika infratuzilmasiga zarbalari kelgusi qişda Ukraina uçun blekautlar xavfini tuğdirdi. Kiyev ma’lumotlariga köra, zarbalar natijasida Ukraina energetika infratuzilmasining 40 foizigaça işdan çiqqan. Şu munosabat bilan Poroşenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin «sovuq qişni qurolga aylantirişga» urinayotganini aytib, sönggi paytlarda Ukrainada havo harorati pasayib borayotganini qayd etdi.
«Bir neça hafta oldin Putin dunyoni oçlik bilan, keyin yadroviy ifloslaniş bilan şantaj qildi, endi esa Ukrainani energetika inqirozi bilan şantaj qilmoqda», dedi Poroşenko. «Putin ukrainaliklarning bunday oğir şaroitlarda taslim bölişini kutmoqda, biroq biz Ukrainani sindirib bölmasligini körsatdik», — dedi u.


















