O‘zbekiston | 21:15 / 28.10.2016
5657
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Jon Kerrining o‘rinbosari bilan uchrashdi

Foto: UzDaily

28 oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, «C5+1» shaklidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqa kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid