Fan-texnika | 16:58 / 28.10.2016
4906
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zotac VR Go kompyuter-ryugzagi avvalgisiga nisbatan ancha yengil va samaraliroq

Foto: liliputing.com

Virtual reallik ko‘zoynaklari foydalanuvchilarga erkin joylashish imkonini bersa ham ko‘pchilikning ehtiyojini qondirmadi. Joriy yilning yozida Zotac kompaniyasi Mobile VR og‘ir ryukzagini taqdim etdi - unda inson kabelga tegishi va uni qurilmadan tortib olishga qo‘rqmasligi uchun PK (shaxsiy kompyuter) va akkumulyator joylashgan. Endi ishlab chiqaruvchi taqib yuriladigan Zotac VR Go nomli kompyuterning tahrirlangan talqinini taqdim etdi.

Foto: liliputing.com

Ikkinchi avlod sezilarli tarzda ingichkaroq va yengilroq, shuningdek, anchayin faolroq bo‘ldi.

Kompyuterga quyidagilar o‘rnatilgan: Intel Core i5-6400T protsessori, NVIDIA GeForce GTX 1070 grafik kartasi, 8 GB operativ xotira, vinchesterda120 GB va 1 TB hajmli SSD, 6xUSB 3.0, 3xHDMI 2.0 va 2xDisplayPort 1.3 portlari. 

Foto: liliputing.com

Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.0 va Gigabit Ethernetga ulana oladi. Quvvat olish manbai sifatida 9 000 mAch sig‘imli ikki akkumulyator mavjud. tizim og‘irligi 4.5 kgga yaqin bo‘lib, uning narxi haqida aniq ma'lumot yo‘q.
 

Mavzuga oid