Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya ko‘chalarida Trampga qarshi antiqa avtobuslar harakatlanmoqda
Foto: Facebook/DR Nyheder
2016 yilgi AQSh prezidentligiga saylov turli hazillar bilan boshlandi. Biroq muhim sana yaqinlashgani sayin vaziyat tobora jiddiylashib bormoqda. Trampga qarshi harakatlanayotgan mana bunday antiqa avtobuslar esa yana insonni kulgiga chorlaydi.
Mazkur avtobus Kopengagen ko‘chalarida paydo bo‘ldi va ko‘rinishidan odamni kayfiyatini ko‘taradi. Avtobus yonida turgan insonlar Sotsial xalq partiyasi vakillari bo‘lib, bu e'lonni amalga oshirishdan maqsad chet eldagi amerikaliklarni ovoz berishga chaqirishdir.
Video Daniya DR Nyheder nashrining feysbukdagi sahifasiga quyidagi izoh bilan yuklandi: "Biz Amerika fuqarolariga shuni eslatib qo‘ymoqchimiz: ovoz berishni unutmang – buning o‘z oqibati bor".
Mazkur ibora Sotsial Xalq partiyasi raisi Pia Olsen Dyhr'ga tegishli.
"Men Trampning prezident bo‘lishi jahon rivoji, jumladan, Daniya uchun ijobiy bo‘ladi, deb hisoblamayman", - dedi u The Associated Press nashriga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
17:45 / 19.03.2026
Toshkentda Ramazon hayiti kuni ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi
12:52 / 19.03.2026
23 martdan Toshkent - Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
23:31 / 18.03.2026
Hayit kuni Toshkent shahrida jamoat transporti o‘z ishini soat 4 dan boshlaydi
19:59 / 15.03.2026