Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda giyohvandlikka qarshi kampaniya doirasida shahar meri o‘ldirildi
Filippindagi Datu Maudi-Ampatuan shahri meri Samsudin Dimaukom hamda uning 9 nafar yordamchisi giyohvandlikka qarshi politsiya reydi bilan otishmada halok bo‘ldi. Mazkur reyd mamlakat prezideni Rodrigo Duterte buyrug‘iga binoan amalga oshirilmoqda. Bu haqida 28 oktabr, juma kuni Gulf News nashri xabar berdi.
Politsiya boshlig‘i Romeo Galgoning so‘zlariga ko‘ra, voqea 28 oktabr kuni ertalab Shimoliy Kotabato provinsiyasidagi Makilala shahridagi nazorat-tekshiruv punkti (NTP) yonida sodir bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish organlari Dimaukom va uning yordamchilari Davaodan (Magindanao provinsiyasi) yirik partiyadagi metamfetamin o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumot olishgan.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, gumondorlar uch avtomobilda NTP yoniga kelib, huquq-tartibot xodimlariga qarata o‘q ochishgan va politsiya xodimlari bilan otishmalarda halok bo‘lishgan.
Bundan avval Duterte 150 nafar amaldorni noqonuniy narkotrafikda rasman ayblagan edi, Dimaukomning nomi ham ushbu ro‘yxatdan joy olgandi. Prezident nomlari tilga olingan siyosatchilarga darhol hukumatga taslim bo‘lishni buyurgan.
Dimaukom o‘z xohishiga ko‘ra, politsiyaga taslim bo‘lgan, biroq narkotrafikda qatnashganini inkor etgandi. OAVga esa o‘zi ham aynan shu muammo bilan kurashayotgani hamda Duterte yo‘lga qo‘ygan siyosatni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026