Xitoylik qozoq millatiga mansub kishi 8000 yuan pensiyasi bilan maqtandi
Xitoy fuqarolari Merlat va Qodirxon Gizat ularning nafaqalari 8000 yuan (1180 AQSh dollari) ekanligini aytishdi. Aynan shu sabab ular vatanlariga qaytishga shoshilishmayapti.
Xitoylik qozoqlar bilan suhbati haqida foydalanuvchi Toktamis Bozorov o‘zining Facebook'dagi sahifasida bo‘lishgan.
U Ostonaga yo‘l olganida poyezdda Merlat va Qodirxon Gizatlar bilan tanishib qolgan. Tanishuvdan so‘ng ular Toktamisning Semipalatinskdagi uyida to‘xtashgan, bu yerda ular nima uchun vatanlariga qaytishga shoshilmayotganliklari sababini aytib berishgan.
"Xitoyda vatanga qaytishni istovchi qozoqlar ko‘p. Biroq ular Qozoqistonda deyarli hamma yerda uchratish mumkin bo‘lgan korrupsiyadan qo‘rqishadi. Bundan tashqari, agar Xitoyda ish staji 30 yildan ortiq bo‘lsa, u holda nafaqaga chiqishing mumkin. Mana, men 53 yoshdaman va nafaqaxo‘rman. Madaniyat sohasida ishlaganman, mening nafaqam - 8000 yuan (yoki 376 ming tenge). Sizlarda esa bunday nafaqa tugul, hatto bunday maosh yo‘q", - deya Qodirxonning so‘zlarini yetkazadi Bozorov.
Qodirxonni yolg‘on gapirdi, deb ayblash noo‘rin. Xitoyda uch nafaqa tizimi mavjud: qishloq ahli uchun, shahar ahli uchun va davlat xizmatchilari uchun. Ularning orasidagi farq katta.
"Dimensional Fund Advisors Pte" kompaniyasi direktori Peng Chen o‘zining Xitoydagi nafaqa tizimi haqidagi ma'ruzasida ma'lum qilishicha, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi kishilar bir oyda 100-500 yuan (5000-24600 tenge) nafaqa olishadi.
Shahar ahlining pensiya miqdori esa bir necha omillarga bog‘liq.
Birinchidan, shaharlar 10 ballik shkalaga ko‘ra tasniflanadi, ya'ni Shanxay va Pekin aholisi boshqa shaharlarga nisbatan ko‘proq nafaqa olishadi.
Ikkinchidan, fuqarolar faoliyat yurituvuchi kompaniyalar o‘z xodimlarining nafaqa tizimiga nisbatan shaxsiy hisob-kitoblarini joriy qilishgan. Shu bois ularning nafaqalari bir-biridan farq qilishi mumkin.
Uchinchidan, nafaqa hajmi insonning kim bo‘lib ishlaganligiga ham bog‘liq. Masalan, fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar boshqalarga nisbatan ancha katta nafaqa olishadi.
To‘rtinchidan, nafaqaga chiqish staji va vaqti ham pensiya to‘lovi hajmini belgilashda inobatga olinadi.
Xinhua ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda Xitoydagi o‘rtacha pensiya hajmi 2070 yuanni (101 731 tenge) tashkil qilgan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023