Xosep Gvardiola jamoasidagi pasayish holati haqida: Menda sehrli tayoqcha yo‘q
«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya liga kubogi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Hozir men avvalgidek ishlashda davom etyapman. Ketma-ket 10ta o‘yinda g‘alaba qozongan paytda nima ish qilgan bo‘lsam, hozir ham shunday ishlashda davom etyapmiz. Bunday pasayishlar barcha jamoalarda bo‘ladi.
Odamlar menda sehrli tayoqcha bor deb o‘ylaydi, lekin futbolda bundayi bo‘lmaydi.
Har qanday jamoada yaxshi va yomon natijalar bo‘ladi. Umid qilamanki, boshqa bunday muvaffaqiyatsiz seriya takrorlanmaydi. Bu murabbiylik ishining bir qismi va men hech narsani o‘zgartirmoqchi emasman», – degan Gvardiola.
Qayd etish kerakki, ispaniyalik ushbu mutaxassis faoliyati davomida ilk marta ketma-ket 6ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.
Mavzuga oid
15:41 / 26.09.2024
APLda yangi dushmanlik boshlanishi. Arteta aslida Gvardiolaning shogirdi emasligi haqida
22:45 / 31.08.2023
Gvardiola – UYeFA talqiniga ko‘ra 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi, Holand - eng yaxshi futbolchi
17:13 / 11.08.2023
Angliyada top-uchrashuvlar, Ispaniyada klasiko, Germaniyada final. Hafta o‘yinlari anonsi
12:10 / 11.06.2023