Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya parlamenti yana bosh vazirni tasdiqlay olmadi
Ispaniya parlamenti deputatlar kongressi mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mariano Raxoyni ovoz berishning 1-bosqichida Ispaniya bosh vaziri etib tasdiqlay olmadi, deb xabar bermoqda La Vanguardia.
Ma'lum qilinishicha, Raxoy 1-bosqichda yutish uchun 350 deputatdan 176 nafarining ovozini olishi kerak edi. Biroq uning nomzodiga 170 nafar deputat ovoz berdi, 180 nafar deputat qarshi chiqdi.
Raxoy nomzodi bo‘yicha ovoz berish 29 oktabrda bo‘lib o‘tadi. Bu bosqichda unga ko‘pchilik ovoz to‘plash g‘alaba uchun yetarli bo‘ladi.
Ayni vaqtda Ispaniya siyosiy kuchlari 300 kundan ko‘proq vaqtdan beri hukumatni shakllantirish masalasi bo‘yicha kelisha olmayaptilar.
Mavzuga oid
23:59 / 18.07.2026
Ispaniya va Argentina yil to‘qnashuviga qanday tayyorlanmoqda
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026