Jahon | 07:33 / 29.10.2016
4713
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya va Estoniya havosida radioaktiv yod aniqlandi

Finlyandiyaning uchta shahri (Rovaniyemi, Xelsinki, Loviysa) va Estoniyaning ikki shahri (Narva va Tallin) havosida radioaktiv yodning katta miqdori aniqlandi. Atmosferaning ifloslanishi 19-25 oktabr kunlari ayniqsa kuchli bo‘lgan. Uning manbasi aniqlanmagan. 

Havoning zaharlanishiga Norvegiyaning Xaldan shahridagi tadqiqot reaktoridan yodning chiqib ketishi sabab deb gumon qilinmoqda. Biroq hozirda hech kim buning aniq sababini ayta olmayapti, deb xabar bermoqda yle.fi fin sayti.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid