Jahon | 23:52 / 29.10.2016
4896
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada 100 dan ko‘proq odam toshqin qurbonlariga aylandi

Foto:newsland.com

Shimoliy Koreyada toshqin sababli 138 kishi halok bo‘ldi, yana 400 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Qizil Xoch va Qizil yarimoy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda NHK xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, toshqin yuz bergan Xamgen-Pukto viloyatida 70 mingga yaqin odam uyidan mahrum bo‘lgan.

Jabrlanganlar chodirlarda yashamoqdalar hamda oziq-ovqat va ichimlik suvining keskin yetishmayotganini his qilmoqdalar. Bu orada noyabrdayoq bu hududda harorat -15 gradusgacha tushib ketadi. Bu davlatga xalqaro yordam umumiy hajmi 15,5 mln dollarni tashkil qilishi kerak, biroq hozirda bu qiymatning 25 foizigina to‘plangan.

Ta'kidlanishicha, jahon hamjamiyati Shimoliy Koreyaning yordam haqidagi iltimoslariga sust javob bermoqda. Bunga mamlakat tomonidan yaqinda o‘tkazilgan yadroviy va raketa sinovlari sabab bo‘lmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, toshqin oxirgi 70 yil ichidagi eng kuchlisi bo‘lgan. Toshqin "Layonrok" to‘foni chaqirgan jalalar va Tumangan daryosi toshishi oqibatida Xamgen-Pukto viloyatini qamrab olgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid