Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShlik demokratlar FQBni Moskva bilan aloqadorlikda gumon qilishmoqda
Rossiya hukumati Xillari Klinton tomonidan shaxsiy elektron pochtadan foydalanish holatining tergov qilinishi qayta boshlanishiga bevosita aloqasi bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni AQSh Demokratik partiyasidan kongressmen Tim Rayan aytdi, deb xabar bermoqda CNN.
Rayanning aytishicha, prezidentlik saylovlari arafasida bu holatning tergov qilinishiga qaytish g‘alatidir.
"Bu hujjatlar qayerdan olindi? Ular FQBga qanday tushib qoldi? Bunga Rossiya aralashganmi? Biz bu hujjatlar qayerdan olinayotgani borasida zarracha tushunchaga ega emasmiz", deb aytdi Rayan.
Shunga o‘xshash xavotirlarni partiyaning sobiq yetakchisi Govard Din ham bildirdi. U tvitterda FQB direktori Jyeyms Komi go‘yoki Rossiya prezidenti Vladimir Putin "tomonga o‘tganini" yozgan.
Avvalroq Komi Klintonga nisbatan uning shaxsiy elekron pochtadan xizmat doirasida foydalanishi holati bo‘yicha tergov qayta boshlanganini e'lon qilgandi.
Vashington Moskvani AQShdagi prezidentlik saylovlari borishiga aralashishga urinishda ayblab kelmoqda. Biroq Rossiya rahbariyati buni inkor qilmoqda.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026