Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila qayd etildi
Italiyaning markaziy qismida yakshanba kuni kuzatilgan 6,5 magnitudali yer qimirlashi 1980 yildan beri eng kuchli zilzilaga aylandi. Bu haqda Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi xabar qilmoqda.
Favqulodda tashkil etilgan matbuot anjumanida u quyidagilarni aytib o‘tdi: «1980 yildan beri sodir bo‘lgan eng qattiq zilziladir. U bir necha kun avval va avgustda kuzatilgan, hattoki, 2012 yil Emiliya-Romanya, 2009 yil Akvildagi va 1997 yil Umbriyadagi zilziladan ham kuchliroqdir».
Hukumat halok bo‘lgan insonlar yo‘qligi haqida ma'lum qildi. Dushanba kuni zarur choralarni qabul qilish uchun Italiya Vazirlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Vazir barcha vayron bo‘lgan yerlar, jumladan, uy va cherkovlarni qayta tiklashga va'da berdi.
Geofizika va vulqonchilik milliy instituti (Ingv) ma'lumotiga ko‘ra, 6,5 magnitudali zilzila soat 07.41da qayd etilgan, uning episentri Norcha shahri o‘rtasida bo‘lgan. Uning ketidan 20 daqiqa ichida ikkita 4,6 va 4,1 magnitudali yer osti silkinishlari sodir bo‘lgan.
Yer yuzasidagi silkinishlar butun Italiya bo‘ylab, jumladan Rim va boshqa yirik shaharlarda ham yaqqol sezilgan. Italiya fuqarolar mudofaasi xizmati qayd etishicha, tabiiy ofatlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026