Toshkentdagi videokuzatuvlardan birida avtomobildan pul o‘g‘irlagan "shovvozlar" surati tarqaldi

30 oktabr, yakshanba kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ining "Voditeli Tashkenta" (DRIVERS.UZ) guruhi a'zolaridan biri bo‘lgan Fayzulla Tashov nomi ostidagi foydalanuvchi avtomobildan pul o‘g‘irlanganligi to‘g‘risidagi e'lonni yozib qoldirdi va unga o‘g‘rilarning videokuzatuvdan olingan suratlarini ilova qildi.
Manbaga ko‘ra, 29 oktabr, shanba kuni Toshkent shahridagi Jomiy aylanasida mahalliy vaqt bilan soat 13:46da avtomobildan pul o‘g‘irlangan. Mazkur o‘g‘irlik videokuzatuv kamerasida muhrlanib qolgan.
Foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlikda ikki kishi ishtirok etgan - ulardan biri "o‘lja" qidirish va telefonda ma'lumot berish bilan shug‘ullangan, ikkinchisi mashinaga yaqinlashib, uni megicar'ga o‘xshagan pult bilan ochib, xotirjamlik bilan unga o‘tirgan va rejadagidek o‘g‘irlikni amalga oshirgan.
Videokuzatuv kamerasi hammasini tasvirga olgan bo‘lib, tarmoq foydalanuvchisi ularning suratlarini feysbukda taqdim etgan hamda o‘g‘rilarni ko‘rgan yoki bilganlar bo‘lsa, ularni topib, avtomobil egasiga pullarini qaytarishga yordam berishni so‘ragan va buning uchun mukofot berilishini ta'kidlagan.
Tarmoqning ba'zi foydalanuvchilari bunga salbiy munosabat bildirib, o‘g‘rilarni jazolash kerakligini yozgan bo‘lishsa, boshqalari voqeaga unchalik ishonishmagan va huquq-tartibot organlariga murojaat qilishni maslahat berishgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

19:29 / 31.05.2025
Toshkentda yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar ishga tushdi. Aholi qanday fikrda?

22:30 / 30.05.2025
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

16:26 / 27.05.2025