Al Arabiya: Turkiya Rossiya tomon burildi
Rasmiy Anqara hamkorlik va xavfsizlik masalalarida odatda G‘arb bilan integratsiyani chuqurlashtirishga katta ahamiyat berib kelar edi. Biroq, endilikda, Turkiya o‘z tashqi siyosatini o‘zgartirmoqda. U Rossiya bilan hamkorlikni ma'qul ko‘rayapti, deb yozmoqda Al Arabiya muharriri.
Turkiya Rossiya bilan turli sohalar, harbiydan to savdo hamkorligigacha kuchaytirib, Moskvaga o‘z manfaatlarini mintaqada ilgari surish vositasi sifatida qaramoqda. Turkiyada ingliz tilida chop etiladigan Today's Zaman nashri muharriri Mohir Zeynalov shunday fikrda. 15 iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshmay qolganidan beri prezidentlar Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin uch marta uchrashgan, 4 marta telefon orqali suhbatlashgan.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Akkuydagi AES qurilishida Rossiya yordami qayta boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda. U shuningdek, Rossiya Turkiyaning Mersindagi harbiy aviabazasidan foydalanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga diqqatini qaratadi. Bu holat NATOning “achchig‘ini chiqarishi” mumkin, deb hisoblaydi Zeynalov.
Uning xulosa qilishicha, turk yetakchisi Rossiya tomonga bekorga burilgani yo‘q. G‘arb Erdo‘g‘an tashlayotgan har bir qadamni tanqid qilishda davom etmoqda. G‘arb mamlakatlari Turkiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinishni qoralashga shoshilmayapti.
Bundan tashqari, Turkiya yetakchisining o‘tgan hafta dam olish kunlari o‘lim jazosini tiklash to‘g‘risidagi qonunni imzolashi haqida bergan bayonoti Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lish orzusini batamom chippakka chiqishiga asos bo‘lishi aniq. Shu bilan Turkiya, uning kelajagi inson huquqlari va demokratiyadan va'z o‘qiydigan G‘arb blogi bilan emas, aksincha Moskva bilan hamkorlikka bog‘liq, degan fikrga kelishi mumkin,
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024