Ukraina Harbiy-havo kuçlari ma’lumotiga köra, poytaxt Kiyevga kamida törtta ballistik raketa uçirilgan. Hujum vaqtida şaharning turli hududlarida kuçli portlaşlar sodir bölib, bir neçta yonğinlar kelib çiqqan.

Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçkoning ma’lum qilişiça, Darnitskiy tumanida raketa bölaklari noturar joy hududiga tuşib, yonğin kelib çiqqan. Şuningdek, yana bir manzilda noturar binoga töğridan töğri zarba berilgan.

Svyatoşinskiy tumanida esa omborxonalar joylaşgan hudud nişonga olingani oqibatida yirik yonğin yuzaga kelgan. Qutqaruv xizmatlari voqea joylarida yonğinlarni bartaraf etiş va vayronalarni tozalaş işlarini olib bormoqda.

Sönggi ma’lumotlarga köra, hujum oqibatida ikki kişi halok bölgan, yana olti nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan.

Şu bilan bir vaqtda Rossiya qöşinlari Xarkiv şahriga ham dronlar orqali hujum qildi. Şahar meri Igor Terexovning bildirişiça, zarbalar Kiyev va Şevçenko tumanlariga töğri kelgan.

Şevçenko tumanidagi park hududiga dron kelib tuşişi natijasida kinoteatr binosi, avtoturargoh hamda tennis kortlariga zarar yetgan. Şuningdek, mazkur tumanda garaj kooperativi hududi ham nişonga olingan.

Terexovning aytişiça, Nemişlyanskiy tumanidagi turar joylardan biriga ham zarba tekkani haqida dastlabki ma’lumotlar mavjud.

Ayni paytda Xarkivdagi hujumlar oqibatida halok bölganlar yoki jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Har ikki şaharda ham qutqaruv va favqulodda xizmatlar hujum oqibatlarini bartaraf etiş işlarini davom ettirmoqda.