Jahon | 08:15 / 31.10.2016
10548
2 daqiqa o‘qiladi

Baliq sotuvchining o‘limi Marokashda ko‘p minglik namoyishlarga sabab bo‘ldi

Foto: EPA

Marokashning bir qator yirik shaharlarida baliq sotuvchi Muhsin Fikriyning fojiali o‘limi sababli ko‘p minglik norozilik namoyishlari o‘tmoqda. Qirollikni junbushga keltirgan fojia 28 oktabrda mamlakat shimolida yuz bergan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy hokimiyat vakillari Fikriy qoidalarni buzgan holda savdo qilmoqda, deb hisoblab, uning baliq solingan konteynerlarini chiqindi yig‘uvchi mashina yordamida olib tashlashmoqchi bo‘lgan. O‘z mahsulotini saqlab qolishga otilgan savdogar chiqindi yig‘uvchi mashinaning kovshi ostiga tushib qolgan va o‘limga olib keluvchi jarohatlar olgan. 

Mahalliy aholi Fikriyning o‘limini darg‘azablik bilan qabul qildi. Yo‘lovchilardan biri tomonidan suratga olingan va internetda joylashtirilgan Fikriyning kovshda o‘lik holda yotgan surati jamiyatda katta norozilik keltirib chiqardi.

Fikriy dafn qilingandan keyin mamlakatning yirik shaharlarida, jumladan, Rabot, Marokash, Tetuag, Al-Husaymda ko‘p minglik norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar baliq sotuvchining o‘limiga shafqatsizlik va loqaydlik qilgan mahalliy hokimiyat javobgar deb hisoblamoqdalar.

Mavzuga oid