Marokaş dunyodagi eng katta futbol stadioni bölişi kutilayotgan Grand Stade Hassan II arenasini qurmoqda. Loyiha mamlakatning 2030 yilgi jahon çempionatiga tayyorgarlik köriş, turnir finalini qabul qiliş huquqi uçun kuraşiş va Afrikaning yetakçi sayyohlik hamda iqtisodiy markazlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga qaratilgan keng kölamli davlat dasturi doirasida amalga oşirilmoqda.

Yangi stadion Kasablanka yaqinida qurilmoqda. U aeroportlar, mehmonxonalar, transport tarmoqlari va şahar infratuzilmasini rivojlantiriş hamda modernizatsiya qilişni nazarda tutuvçi yirik dasturning markaziy obektlaridan biri böladi.

Loyihaga köra, stadion 115 ming nafar tomoşabinni siğdira oladi. Quriliş yakunlangaç, u siğimi böyiça dunyodagi eng yirik futbol stadioniga aylanişi kutilmoqda.

Grand Stade Hassan II Marokaşning 2030 yilgi jahon çempionati final uçraşuvini ötkaziş huquqi uçun kuraşidagi asosiy ustunliklaridan biri sifatida körilmoqda. Final qayerda ötkazilişi böyiça FIFA hozirça yakuniy qaror qabul qilmagan. Biroq stadion loyihasi dastlabdan Marokaşni turnirning eng muhim uçraşuvini qabul qilişga asosiy da’vogarlardan biriga aylantiriş maqsadida işlab çiqilgan.

Arena konsepsiyasi xalqaro Populous arxitektura kompaniyasi hamda Oualalou + Choi studiyasi iştirokida tayyorlangan. Loyiha an’anaviy marokaşliklar madaniyati va mahalliy me’morçilik unsurlaridan ilhomlangan bölib, stadion taşqi körinişi katta çodirni eslatişi rejalaştirilgan.

Marokaş rasmiylari uşbu inşoot orqali mamlakatning yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş va şaharlarni modernizatsiya etiş imkoniyatlarini namoyiş qilişni maqsad qilgan.

Şu bois Grand Stade Hassan II faqat sport inşooti emas, balki Marokaşning xalqaro nufuzini oşiriş, turizmni rivojlantiriş va Afrikadagi iqtisodiy mavqeini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi strategik loyiha sifatida baholanmoqda.