Jamiyat | 13:42 / 31.10.2016
7289
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada dunyoning eng keksa aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Tjournal.ru

Rossiyalik aktyor Vladimir Zeldin 102 yoshida hayot bilan vidolashdi, deya xabar qilmoqda Life. Aktyorning vafot etgani to‘g‘risidagi xabarni Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutida tasdiqlashgan.

OAV aktyorning shifoxonaga yotqizilgani haqida 27 oktabrda xabar qilgan edi. O‘shanda, Zeldinning rafiqasi, turmush o‘rtog‘i bir necha kundan beri tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganini bildirgandi. 

Vladimir Zeldin dunyodagi eng keksa aktyor hisoblanar edi. U 50 dan ortiq kinokartinalar, xususan «Karnaval kechasi», «Vanya tog‘a», «31 iyun» kabi filmlarda suratga tushgan. 
Zeldin 1945 yilda Rossiya armiyasi Markaziy akademik teatrida faoliyatini boshlagan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid